To'rtko'l tumani "O'zbekiston" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi Rasulbek Qasimovga biriktirilgan “Temir daftar”dagi hunarmandchilikka qiziqishi bo'lgan yoshlardan tashkil qilingan o'quv kurslari o'z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi Назад

To'rtko'l tumani

16 noyabr kuni “Hunarmand” uyushmasi To'rtko'l tuman bo'limi tomonidan, Mamlakatimizda milliy hunarmandchilik, xalq badiiy va amaliy san'atini rivojlantirish, bu orqali xalqimizning boy madaniy merosi va tarixiy an'analarini to'liq saqlab qolish, band bo'lmagan aholini, ayniqsa yoshlar, ayollar va kam ta'minlangan oilalarni hunarmandchilikka keng jalb etish orqali ularning ish bilan bandligini ta'minlash maqsadida, joriy yilning 15 sentyabrda "O'zbekiston" mahalla fuqarolar yig'inida yashovchi Rasulbek Qasimovga biriktirilgan “Temir daftar”dagi hunarmandchilikka qiziqishi bo'lgan yoshlardan tashkil qilingan o'quv kurslari o'z faoliyatini muvaffaqiyatli yakunladi. Mazkur o'quv kurslarida 10 nafar yoshlar bosh kiyimlarni tayyorlashni va tikuvchilik  hunarini o'rganishdi. Bugun tuman hokimining birinchi o'rinbosari R.Ibadullaev, Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limi birinchi o'rinbosari I.Jumaboeva, “Hunarmand” uyushmasi tuman bo'limi boshlig'i F.Atadjanova, Bandlikka ko'maklashish markazi direktori U.Aytbaev, “O'zbekiston” mahalla fuqarolar yig'ini raisi o'rinbosari S. Sultonova  va o'quv kurslaridagi 10 nafar yoshlar ishtirokidagi tadbir aynan shu mavzuda o'tkazildi. Tadbirda tuman hokimining birinchi o'rinbosari R.Ibadullaev so'zga chiqib hozirgi kunda yoshlarga tadbirkorlikni boshlashlari uchun berilayotgan imtiyozlar va yoshlarni hunarmandchilikka yo'naltirish, hunar egallash orqali hayotda o'z yo'llarini topib ketishlari, bu turdagi hunarmandchilikning rivojlanishi sababli bugungi kunda ushbu soha hunarmandlariga bo'lgan talabning yuqori ekanligini ta'kidlab o'tdi. Mahalla va oilani qo'llab-quvvatlash bo'limining birinchi o'rinbosari I.Jumaboeva  va “O'zbekiston” mahallasi raisi o'rinbosari Sayyora Sultanova ham xotin- qizlar uchun tikuvchilik hunari kerakli kasb ekanligi va tumanda yoshlarni ko'proq kasb-hunar egallashlari uchun barcha sharoitlar mavjud ekanini aytib yoshlarga kelgusi ishlarida omad tiladilar. Tadbir so'ngida  “Hunarmand” uyushmasi  To'rtko'l tumani bo'limi tomonidan Rasulbek Qasimovga O'zbekiston Respublikasi “Hunarmand” boshqarmasi tomonidan ushbu hunarmandning mahsulotlari Milliy katalogga kiritilganligini tasdiqlovchi guvohnoma  va mazkur o'quv kurslarda qatnashgan 10 nafar yoshlarga uyushmaning maxsus sertifikatlari taqdim etildi.
“O'zbekiston” mahalla fuqarolar yig'ini rais o'rinbosari Sayyora Sultonovaga mahalladagi  20 nafar yoshlarni bandligini ta'minlashda yoshlarni kasb-hunarga yo'naltirishda  o'z hissasini ko'shib kelayotganligi uchun “Hunarmand” uyushmasi Qoraqalpog'iston Respublikasi boshqarmasi boshlig'i Dilfuza Allambergenova tomonidan Tashakkurnoma bilan taqdirlandi. Tadbir ko'tarinki ruhda o'tkazildi.

To'rtko'l tuman hokimligi, "Hunarmand" uyushmasi To'rtko'l tuman bo'limi





Eng sara mahsulotlar

Успешно добавлено