“Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi Назад

 “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi

Mahalliy Kengash deputatlik guruhi Marg'ilon shahrida pandemiya davrida aholining bandligini ta'minlash, biznes sub'ektlarning faoliyatini tiklashga ko'maklashish, investitsion loyihalarni hayotga tadbiq etishdagi muammolar va boshqa shu sohaga tegishli masalalar yuzasidan “Deputatlar va tadbirkorlar muloqoti” forumi loyihasi o'tkazildi.Mazkur forum O’zLiDeP Marg'ilon shahar Kengashi, “Hunarmand” uyushmasi viloyat boshqarmasi hamda shahar Tadbirkor ayol uyushmasi hamkorligida bo'lib o'tdi.Viloyat Kengashi deputati Rasuljon Mirzaahmedov tadbir ishtirokchilariga hunarmandchilik bo'yicha imtiyozlar haqida tushunchalar berib o'tdi. Mamlakatimizda bosqichma – bosqich amalga oshirib kelinayotgan iqtisodiy islohotlar samaradorligini oshirish, xususan, kichik biznes vakillarini yalpi milliy mahsulotning yaratilishida yetakchi o'rin egallashi hamda fuqarolar farovonligini oshirishda asosiy omil bo'lishiga erishish; Kichik biznes va xususiy tadbirkorlarning amaliy hayotimizda yanada keng o'rin egallashi, bu soha uchun yangi imkoniyat, imtiyoz va preferentsiyalar yaratib berish va uning rivojini yanada yangi bosqichga ko'tarish bo'yicha tushunchalar berdi.Forum davomida tadbirkorlar savollariga batafsil javoblar berildi. Ularni ish faoliyatidagi muammo va kamchiliklar joyida hal qilindi.





Eng sara mahsulotlar

Успешно добавлено