Farg'ona viloyatida “Yoshlar festivali” o'tkazilmoqda Назад

Farg'ona viloyatida “Yoshlar festivali” o'tkazilmoqda

2020 yil 18-25 dekabr` kunlari Farg'ona viloyatida “Yoshlar festivali” o'tkazish bo'yicha Dastur qabul qilingan bo'lib, uning asosiy maqsadi - yoshlarning taklif-istaklari va qiziqishlarini o'rganish, muammolarini hal etishga ko'maklashish, iqtidorli va ilg'or, shuningdek, noformal qatlamga mansub yoshlarni Vatan ravnaqi va xalq farovonligi yo'lida birlashtirish, 2021 yilda mamlakatda yoshlar siyosati yo'nalishida kelgusidagi rejalarni belgilashdan iborat edi. “Hunarmand” uyushmasining viloyatdagi shahar va tuman bo'limlari ham ushbu festivalda belgilab olingan tadbirlarda faol ishtirok etmoqdalar. Dastur doirasida Xotin-qizlar tadbirkorligi, hunarmandchilik yo'nalishlarida “Nafosat-2020” festivali 17-18 dekabr kunlari o'tkazildi, unda o'ndan ortiq uyushma a'zolari o'zlari yaratayotgan milliy liboslari bilan qatnashdilar. 19 dekabr` kuni Tadbirkorlik faoliyati bilan shug'ullanish istagida bo'lgan yoshlarni hududlardagi yirik tadbirkorlarga biriktirish orqali yoshlarning bandligini ta'minlashga qaratilgan “Farg'ona yoshlari: 1+1” loyihasi doirasida Marg'ilondagi “Hunarmandlar markazi”da marg'ilonlik mashhur usta hunarmand Nabijon Toshtemirov bilan hunarmandchilikka qiziqish bildirgan yoshlar bilan uchrashuv, 20 dekabr` kuni Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputatlari bilan “Deputat va yoshlar” loyihasi doirasida viloyat Yoshlar agentligi binosida Oliy Majlis Qonunchilik palatasi deputat SH.Raximov bilan uchrashuv o'tkazildi. Uchrashuvda Marg'ilon shahridan qo'lda gazlamalar to'qish yo'nalishida faolyat olib boruvchi B.Fozilov va Farg'ona shahridan milliy liboslar bo'yicha dizaynerlik faolyati bilan shug'unlanuvchi Dilabzo Rustamov yosh hunarmandlarni qiynayotgan muammolar bo'yicha murojat bilan qatnashdilar. 2020 yil 25 dekabrgacha davom etadigan “Yoshlar festivali” da katta katta loyihalar ko'zda tutilgan albatta bu loyihalarda hunarmandlar faol qatnashadilar.





Eng sara mahsulotlar

Успешно добавлено