“Mahallabay” ishlash bo'yicha yangi tizim tashkil etiladi. Назад

“Mahallabay” ishlash bo'yicha yangi tizim tashkil etiladi.

Joriy yilning 26 yanvar` kuni prezident Shavkat Mirziyoev 2021 yilda barqaror iqtisodiy o'sishni ta'minlash masalalari bo'yicha yig'ilish o'tkazdi.
Ushbu yig'ilishda 2021 yili O'zbekiston iqtisodiyoti kamida 5 foiz o'sishi maqsad qilingan. Biroq global iqtisodiyotdagi noaniqlik uzoq davom etishi mumkinligi iqtisodiy o'sishning qo'shimcha zaxiralarini topish va safarbar qilishni talab etmoqda, deyiladi. Prezident barcha darajadagi rahbarlarga o'z sohasi bo'yicha mahallalardagi holatni o'rganish,
"o'sish nuqtalari"ni aniqlab, ularni rivojlantirish vazifasini qo'ymoqda. Shu bois, Respublika “Hunarmand” uyushmasi raxbarlari tomonidan Namangan viloyatida “Mahallabay” ishlash tizim tashkil etildi. Shuningdek joriy yilning 10 - 11 fevral kunlari Chust va Uychi tumanlarida usta hunarmandlarni ish joylariga borib, ish faoliyatlari, ularni muammolari “usta-shogird” ananalari va (1+1) bo'yicha o'rganib, aniqlangan muammolarni bartaraf etib kelinmoqda.

"Hunarmand" uyushmasi Namangan viloyati
boshqarmasining mutaxassisi N.Abdullaev





Eng sara mahsulotlar

Успешно добавлено