Portal haqida

Portal haqida

“Yosh hunarmandlar portali” yagona Internet tarmog'i O‘zbekiston Respublikasi Savdo-sanoat palatasi, “Hunarmand” uyushmasi, O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi hamkorligida yoshlar o‘rtasida hunarmandchilikni yanada rivojlantirish va yosh hunarmandlarni har tomonlama qo‘llab-quvvatlash, ularning faoliyatida erishilgan ilg‘or tajribalarni ommalashtirish hamda ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida yaratildi.

O‘zbekiston Respublikasi Oliy Majlisi huzuridagi Nodavlat Notijorat tashkilotlarini va Fuqarolik jamiyatining boshqa institutlarini qo‘llab-quvvatlash jamoat fondi Parlament komissiyasining 2018-yil 20-avgustdagi 49-son qaroriga asosan O‘zbekiston Respublikasi “Hunarmand” uyushmasiga “Yosh hunarmandlar portali”ni tashkil etish uchun 20 000 000 so‘m grant ajratildi. O‘zbekiston Yoshlar ittifoqi tomonidan qo'shimcha 10 000 000 so‘m, “Hunarmand” uyushmasi tomonidan esa 14 000 000 so‘m qo‘shimcha mablag‘ ajratildi.

Shohrux Baxtiyorov (frilanser grafik dizayner) tomonidan “Yosh hunarmandlar portali” yagona Internet tarmog‘i brendi (logosi) yaratildi. 2019-yil iyul oyida “Arsenal D” MCHJ tomonidan portal ishlanmasi yakunlandi hamda asosiy domenga ko‘chirildi.

Portalda yosh avlodni milliy urf-odatlar asosida tarbiyalash, ularni tobora kuchayib borayotgan ma’naviy tahdid va axborot xurujlaridan asrash maqsadida milliy hunarmandchilik mahsulotlarini ommalashtirish va bunda yosh hunarmandlarga o‘zining iqtidor va qobiliyatini ro‘yobga chiqarishi uchun imkoniyat yaratishga asosiy e’tibor qaratilgan.

“Usta-shogird” an’analarini rivojlantirish orqali samarali natijalarga erishgan hunarmandlarning amaliy tajribasini keng jamoatchilik, jumladan, hunarmandchilik sohasi, hunarmandchilik faoliyatini boshlamoqchi bo‘lgan jismoniy shaxslar va yoshlar o‘rtasida targ‘ib qilish hamda ijtimoiy hamkorlikni rivojlantirish maqsadida “Yosh hunarmandlar portali” yagona Internet tarmog‘i tashkil etildi. Portaldan quyidagi sahifalar o‘rin olgan:

– “Mahsulotlar” (katalog) sahifasi;

– “Xomashyo” sahifasi;

– “Usta-hunarmandlar” sahifasi;

– “Yosh hunarmandlar maktabi” sahifasi;

– “Yangiliklar” sahifasi.

“YOSH HUNARMAND MAKTABI” SAHIFASI

         Bugungi kunda respublikada hunarmandchilikning ayrim turlari rivojlangan bo‘lishi bilan bir qatorda, xalq hunarmandchiligi va amaliy san‘atning yo‘qolib borayotgan an’anaviy turlari mavjud. Jumladan, qo‘lda gilam to‘qish, tosh o‘ymakorligi, kandakorlik, misgarlik, yog‘och o‘ymakorligi, kashtachilik, qo‘lda gazlamalar to‘qish kabilarni rivojlantirish – jiddiy e’tibor talab qilmoqda. Jumladan:

– “Usta-shogird” maktablari haqidagi ma'lumotlarni joylashtirish;

– “Bir bolaga yetti mahalla ham ota, ham ona” shiori ostida  viloyat, tuman, shahar hamda mahallalar kesimida usta-hunarmandlarga “Usta-shogird” maktabi an’analariga tayangan holda yoshlarni shogirdlikka biriktirish;

– yoshlarga “Usta-shogird” usulida takomillashtirilgan video o‘quv dasturlari bo‘yicha hunarmandchilik sir-asrorlarini o‘qitish;

– portal orqali hunarmandchilikning zarur adabiyotlarni topish imkonini beradi;

– “Ilmsizga ishonch yo‘q, hunarsizga quvonch yo‘q” shiori ostida Respublikada faoliyat yuritayotgan 100 dan ortiq nashriyot-matbaa mahsulotlari joylashtirilib, portal orqali mutolaasi (“Kitob olami” MCHJ orqali xaridi) tashkil etiladi.

Shuningdek, jamiyatda o‘z o‘rnini topish istagini bildirgan biron-bir hunarga ega bo‘lish xohishida yurgan uyushmagan yoshlarga portalda 
hunarmandchilik maktablari faoliyati bilan yaqindan tanishish hamda o‘z hududidagi mavjud 
“Usta-shogird” maktabini tanlash imkoniyati tug'iladi.

MAHSULOTLAR SAHIFASI

Qo‘li gul yoshlarimiz tomonidan yaratilayotgan nodir hunarmandchilik mahsulotlarini keng targ‘ib qilish, ularni ommalashtirish. Jumladan:

– hududimiz bozorlarida hunarmandchilik mahsulotlarining turla-rini ko‘paytirish;

– turizm sohasida faoliyat yurituvchi tadbirkorlik subyektlari o‘rtasida turistlar tomonidan milliy hunarmandchilik mahsulotlarini  portalda “Craft and art” MCHJ orqali xarid qilish mumkinligi bo‘yicha targ‘ibot ishlarini olib borish;

– portal orqali yoshlarning ijod namunalari (ijodkorligi)ni namoyon etish;

– hunarmandchilik mahsulotlarining elektron katalogini yaratish va  joylashtirishni tashkil etish.

XOMASHYO SAHIFASI

         Yosh hunarmandlarga ipak va ipak tolasini hamda boshqa turdagi xomashyolar (statistik) ma’lumotlarini berib borish ko‘zda tutiladi.
 





Eng sara mahsulotlar

Успешно добавлено