Tanlovlar

Tanlovlar

 “#Eng yaxshi suvenir” nominatsiya doirasida o'tkaziladigan
ko'rik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholash, g'oliblarini aniqlash mezonlari 
tartibi to'g'risidagi
NIZOM

I.    Umumiy qoidalar


1.1. Ushbu nizom “#eng yaxshi suvenir” nominasiya doirasida o'tkaziladigan ko'rik-tanlov (keyingi o'rinlarda – Ko'rik-tanlov) g'oliblarini aniqlash tartibini belgilaydi.
1.2 Ko'rik-tanlovda   hunarmandchilik  bilan muntazam shug'ullanib kelib, Respublika miqyosida namunaviy hunarmand sifatida o'zini ko'rsata olgan, ilg'or natijalarga erishgan, mamlakatimiz iqtisodiy salohiyatini yanada mustahkamlashga, import o'rnini bosuvchi va ekspertbop mahsulotlar ishlab chiqarishga, hududlarni ijtimoiy-iqtisodiy rivojlantirishga o'zining munosib hissasini qo'shayotgan hunarmandchilik maktabi ustalari, qadimiy sulola davomchilari, hunarmandchilikning qadimiy turlarini tiklagan hamda o'z mamlakatida hunarmandchilik sohasida ma'lum muvaffaqiyatlarga erishgan, yuqori malakaga ega bo'lgan hunarmandlar  ishtirok etishlari mumkin.

II.     Ko'rik-tanlovning maqsadi


2.1. Ko'rik-tanlovning asosiy maqsadlari quyidagilardan iborat:
Boy tarixiy va madaniy an'analarga ega bo'lgan hunarmandchilik sohasini keng targ'ib qilish;
O'ziga xos hunarmandchilik an'analarini namoyish etish;
Hunarmandchilik sohalarida o'zaro tajriba almashish,  do'stlik va hamkorlikni mustahkamlash;
 Boy amaliy san'at va hunarmandchilik an'analarining umumjahon tamaddunidagi o'rnini e'tirof etish va o'zaro mushtarak jihatlarini ulug'lash;
 Yoshlar qalbida milliy iftixor tuyg'ularini kamol toptirish;
Hunarmandchilik bilan shug'ullanib kelayotgan hunarmandlarni qo'llab-quvvatlash, hunarmandchilikning jadal rivojlanishini rag'batlantiruvchi muhitni yaratish, mamlakat iqtisodiyoti xususiy sektorida hunarmandlar ulushini va ahamiyatini oshirish;
Hunarmandchilik bilan shug'ullanuvchi tadbirkorlarning kasbiy mahorati va bilim darajasini oshirish uchun zaruriy shart-sharoit yaratish;
Tajribali hunarmandlarning faoliyatidagi ilg'or tajribalarni ommalashtirish;
Hunarmandlar tomonidan ishlab chiqarilayotgan mahsulotlarni reklama qilishga hamda ularning o'zaro manfaatli hamkorlik aloqalariga ko'maklashish;
Yoshlarni hunarmandchilikka qiziqtirish, o'z tengdoshlariga o'rnak bo'layotgan yosh hunarmandlarni rag'batlantirish;
Hunarmandchilikning noyob va yo'qolib ketgan turlarini qayta tiklash;
Hunarmandchilik mahsulotlari turlarini ko'paytirish;
Eksportbop hunarmandchilik mahsulotlarini yaratish.
2.2. Ko'rik-tanlovda ishtirok etish shartlari va tartibi:
http://youngcrafters.uz/ da ro'yxatdan o'tib, shaxsiy xonachalarni tartib bo'yicha to'ldiriladi:
- o'zi haqida ismi, familiyasi, otasining ismi, yashash manzili, faoliyati va hunar turi haqida qisqacha ma'lumot, erishgan muvaffaqiyatlari va ish jarayonidagi fotosurati (eni 14, bo‘yi 9,31 santimetrlar);
- “Tayyor mahsulotlar” xonachasida o'zi tomonidan ishlab chiqarilgan mahsulotlarning 10 donadan kam bo'lmagan fotosuratlari (har bitta mahsulot yondan, oldidan, ortidan, tepadan, pastdan tushirilgan foto rasm joylashtirilishi shart)

Shuningdek, ishtirokchilar tomonidan qo'yilgan mahsulot fotosuratlar http://youngcrafters.uz/ saytning telegram kanali: https://t.me/youngcrafters da eng ko'p munosabat bildirilganligi (layk to'planganligi);
- “Ta'lim” xonasida o'zi tomonidan tahsil berish ma'lumotlari kiritiladi;
- “Qo'shimcha ma'lumot” xonasida ish jarayonidagi fotosurati, diplom, sertifikat kabi yutuqlari kiritiladi.
  Shuningdek, ish jarayoni aks ettirgan mahorat dars (misol uchun, 1-darsda “Ish qurollari bilan ishlash”; 2-darsda “Xom-ashyoni tayyorlab olish” kabilar) video 50 megabaytdan oshmagan holda @youngcrafters_uz_bot da taqdim etiladi.  

Ishtirokchilar tomonidan taqdim etilgan videodarslar http://youngcrafters.uz/ saytning 
telegram kanali: https://t.me/youngcrafters da e'lon qilinadi. Unda eng ko'p munosabat 
bildirilganligi (layk to'planganligi) hisobga olinadi.
Materiallarni kiritish muddati tugagan kundan boshlab, 10 kun davomida tanlov ishtirokchilarini https://t.me/youngcrafters da e'lon qilinib bo'lgandan so'ng, soha mutaxassislari va ekspertlaridan iborat hay'at tomonidan 5 ish kuni davomida o'rganib chiqiladi.
Quyidagilar ko'rik-tanlovda qatnashishni rad etish uchun asos bo'ladi:
Ushbu nizomning 2-bobida ko'rsatilgan ma'lumotlarni to'liq taqdim etmaslik;
Ko'rik-tanlovda qatnashish uchun materiallarni taqdim etish muddatidan kechikib taqdim qilish.
Ishchi guruh taqdim etilgan materiallarni ko'rib chiqish muddati tugagan kundan boshlab 1 ish kunida ko'rik-tanlov murojaatchilariga ijobiy yoki rad etilgani to'g'risida yozma ravishdagi axborotni taqdim etadi. 
http://youngcrafters.uz/ da qo'yilgan ma'lumotlar Uyushmaning elektron savdo tizimi telegrammda https://t.me/Uzcraftcom https://t.me/youngcrafters shuningdek, boshqa ijtimoiy tarmoqlarimiz: https://www.facebook.com/uzcraftcom/?modal=admin_todo_tour 
facebook.com/youngcrafters.portal da yoritilib boriladi.
Shuningdek, http://youngcrafters.uz/ da qo'yilgan mahsulotlarning eng yaxshisi saralanib www. 
uzcrafts.com va ihunar.uz da joylashtiriladi.

III. Ko'rik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholash mezonlari


3.1. Ko'rik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini balli sistemada baholanadi
3.2. Quyidagilar ko'rik-tanlov ishtirokchilarining mahoratlarini baholashda asosiy mezonlar qilib belgilanadi:
hunarmandchilik mahsulotlarining an'anaviy milliy xususiyatlari;
hunarmandchilik yo'nalishining jozibasi va tarovati, o'ziga xos uslub va maktabga egaligi;
hunarmandchilik mahsulotining an'anaviyligi, tarixiy ildizga ega ekanligi hamda o'z ahamiyatini yo'qotmaganligi;
mahsulotning tabiiy xomashyodan tayyorlanganligi va ekologik tozaligi;
mahsulotlarni tayyorlash texnologiyasi hamda bezaklarida zamonaviy innovatsion uslub va tarixiy an'analarning uyg'unlashuvi;
mahsulot sifatli materiallardan tayyorlanganligi va yuqori standartlarga javob berishi;
mahsulotning o'ziga xosligi va yangiligi;
o'z yo'nalishida alohida maktab yaratganligi;
usta-shogird maktabi an'analari asosida yoshlarga hunar sirlarini o'rgatganligi va shogirdlar tayyorlaganligi;
ajdodlaridan qolgan hunar turini an'nalarni saqlagan holda davom ettirayotgan sulola 
davomchisi ekanligi.

IV. Ko'rik-tanlovning asosiy nominatsiyalari

4.1. “Eng yaxshi suvenir”
4.2. “Eng yaxshi videodars” 
4.3. “Eng yaxshi fotojamlanma” 

    
V. Ko'rik-tanlovni  o'tkazish muddati


Tanlov 1 maydan 20 mayga qadar davom etadi. Tanlovga taqdim etilgan ishlarni soha 
mutaxassislari va ekspertlaridan iborat hay'at ko'rib chiqadi va ishlarga berilgan baho asosida g'oliblar va sovrindorlarni aniqlaydi.


VI.Tanlovning ishtirokchilari


6.1. Ko'rik-tanlovda kamida uch yil mobaynida uzluksiz hunarmandchilik faoliyati bilan shug'ullanib kelayotgan kichik biznes vakillari hisoblangan tadbirkor sub'ektlar ishtirok etadi.
6.2. Ko'rik-tanlovda bo'yicha ishtirokchi quyidagi mezon talablariga javob berishi lozim:
- mulkchilik shakli: xususiy tadbirkor; 
- faoliyat sohasi: amaliy sa'nat, milliy hunarmandchilik; 
- ishtirokchi yoshi chegaralanmagan; 
- yo'nalish: chegaralanmagan.

VII. Ko'rik-tanlov g'oliblarni taqdirlash

G'oliblar quyidagi sovrin va imkoniyatlarga ega bo'ladilar:
1)  5 ta g'olibga: Birinchisi, “Eng yaxshi suvenir” ga 1 mln so'm pul mukofati (plastik raqamiga tashlab beriladi).
Ikkinchisi, “Eng yaxshi videodars” ni “Mahalla” telekanali orqali keng yoritish.
Uchunchisi, hunarmandnig “Eng yaxshi fotojamlanma” mahsulotini www. uzcrafts.com da ihunar.uz da internet savdo do'konlarida joylashtirish.
2) Keyingi 5 ta g'olibga: Birinchisi, “Eng yaxshi videodars” ni “Mahalla” telekanali orqali keng yoritish.
Ikkinchisi, hunarmandning “Eng yaxshi fotojamlanma”  mahsulotini www. uzcrafts.com da 
ihunar.uz da internet savdo do'konlarida joylashtirish;
3) Keyingi 5 ta g'olibga: Hunarmandning “Eng yaxshi fotojamlanma”  mahsulotini www. 
uzcrafts.com va ihunar.uz da internet savdo do'konlarida joylashtirish.

 

 





Eng sara mahsulotlar

Успешно добавлено